Lars Hörmander
Lars Hörmander | |
---|---|
Tavalludi |
24-yanvar 1931-yil Mjällby, Blekinge, Shvetsiya |
Vafoti |
25-noyabr 2012-yil (81 yoshda) Lund, Shvetsiya |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Stockholm universiteti Stanford universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Lund universiteti |
Akademik rahbarlari |
Marcel Riesz Lars Gårding |
Mashhur shogirdlari |
Germund Dahlquist Nils Dencker |
Mashhur ishlari | Chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar teoriyasi |
Mukofotlari |
Fields medali (1962) Wolf mukofoti (1988) Leroy P. Steele mukofoti (2006) |
Lars Valter Hörmander (talaffuzi: Lars Valter Xyormander) (24-yanvar 1931-yil - 25-noyabr 2012-yil) — shvetsiyalik matematik. Hörmander „chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar boʻyicha zamonaviy nazariyiga eng salmoqli hissa qoʻshgan shaxs“ deb eʼtirof etiladi. Hörmander 1962-yilda Fields medali[1], 1988-yilda Wolf mukofoti va 2006-yilda Leroy P. Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Uning „Chiziqli xususiy hosilali differensial operatorlar I-IV“ kitobi ushbu sohada eng qoʻllaniladigan asardir[2].
Hörmander 1955-yil Lund universitetida doktoranturani tamomlagan. Soʻngra u Stockholm va Stanford universitetlarida hamda New Jersey shtatining Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1968–1996-yillarda Lund universitetida dars bergan.
Hörmander 1968-yil Shvetsiya qirolli fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2012-yil Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan, ammo roʻyxat eʼlon qilinishidan oldin olamdan oʻtgan[3] before the list of fellows was released.[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Fields Medals 1962“. International Mathematical Union. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
- ↑ Lars Hörmander Receives 2006 AMS Steele Prize for Mathematical Exposition. American Mathematical Society.
- ↑ „In Memoriam of Lars Hörmander“. University of Lund. 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
- ↑ List of Fellows of the American Mathematical Society, retrieved 2013-01-21.